Malaka oshirish kurslari soliq organlari xodimlarining kasbiy bilim va kompetensiyalarini rivojlantirishga, ularni zamonaviy soliq ma’muriyatchiligi talablariga moslashtirishga hamda yangi bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga joriy etishga qaratiladi.
Kurslar quyidagi mavzularni qamrab oladi:
- soliq qonunchiligidagi yangiliklar;
- soliq ma’muriyatchiligi;
- raqamli texnologiyalar;
- soliq nazorati;
- ma’lumotlar tahlili;
- kasb etikasi;
- ziddiyatli vaziyatlar va ularni boshqarish.
Yangi normativ-huquqiy hujjatlar, o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tezkor yetkazishga qaratilgan qisqa muddatli kurs, seminar va treninglar tashkil etilishi mumkin. Ta’limga amaliyotchilar, tajribali mutaxassislar hamda mahalliy va xorijiy ekspertlar jalb etiladi.