Asosiy mazmunga o'tish
Soliqoliy maktabi

Xalqaro aloqalar

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish, akademik mobillik va professional sertifikatlarga yo‘naltirilganlik.

Soliq oliy maktabida xalqaro hamkorlik faoliyati ta’lim va ilm-fan sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or jahon tajribasini ta’lim jarayoni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng joriy etish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish, talabalar almashinuvini tashkil etish hamda xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Ta’lim jarayoni xalqaro standartlar va professional sertifikatlarga yo‘naltirilgan: talabalar uchun ACCA, DipIFR, CAP/CIPA, CIA va ACA kabi sertifikatlarga tayyorgarlik imkoniyati nazarda tutilgan. Tegishli sertifikatlarni olgan talabalarning o‘quv xarajatlarini Oliy maktab tomonidan qoplash mexanizmi nazarda tutilgan.

Xorijiy hamkor tashkilotlar, memorandumlar, almashinuv dasturlari va qo‘shma diplom dasturlari haqidagi ma’lumotlar ular tasdiqlangach shu bo‘limda e’lon qilinadi.

Professional sertifikatlar

  • ACCA

    Association of Chartered Certified Accountants — xalqaro professional buxgalteriya sertifikati.

  • DipIFR

    Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo‘yicha diplom.

  • CAP/CIPA

    Buxgalteriya va moliya sohasidagi professional sertifikatlashtirish dasturi.

  • CIA

    Certified Internal Auditor — ichki audit bo‘yicha xalqaro sertifikat.

  • ACA

    Associate Chartered Accountant — professional buxgalteriya kvalifikatsiyasi.

Hamkorlar

Xalqaro hamkorlik haqidagi ma'lumot hozircha joylanmagan.

Yuklanmoqda…