Soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish
Kurslar soliq organlari xodimlarining kasbiy bilim va kompetensiyalarini rivojlantirishga, zamonaviy soliq ma’muriyatchiligi talablariga moslashtirishga va yangi bilim-ko‘nikmalarni amaliyotga joriy etishga qaratiladi.
Malaka oshirish kurslari soliq organlari xodimlarining kasbiy bilim va kompetensiyalarini rivojlantirishga, ularni zamonaviy soliq ma’muriyatchiligi talablariga moslashtirishga hamda yangi bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga joriy etishga qaratiladi.
Mavzular: soliq qonunchiligidagi yangiliklar, soliq ma’muriyatchiligi, raqamli texnologiyalar, soliq nazorati, ma’lumotlar tahlili, kasb etikasi, ziddiyatli vaziyatlar va ularni boshqarish.
Yangi normativ-huquqiy hujjatlar, o‘zgartirish va qo‘shimchalarni tezkor yetkazishga qaratilgan qisqa muddatli kurs, seminar va treninglar tashkil etilishi mumkin. Ta’limga amaliyotchilar, tajribali mutaxassislar hamda mahalliy va xorijiy ekspertlar jalb etiladi.
